Mualliflarga
Jurnal uch xil maqola qabul qiladi: tadqiqot maqolasi (original tadqiqotning to‘liq hujjatlashtirilgan natijalari), sharh maqolasi (mavjud dalillarni tizimli baholovchi tanqidiy sharh) va qisqa sharh (sohadagi so‘nggi yangiliklarning ixcham bayoni).
Maqola tuzilishi — IMRAD
- Sarlavha — qisqa sarlavha 80 belgidan oshmasin.
- Mualliflar — har biriga e-pochta va ish joyi; mas’ul muallif ko‘rsatiladi.
- Annotatsiya — 200 so‘zdan oshmasin: ish maqsadi, asosiy natijalar va xulosalar.
- Kalit so‘zlar — 6 tagacha, alifbo tartibida.
- I — Kirish: ishning zamini va maqsadlari.
- M — Metodlar: qo‘llangan usul va texnikalarning qisqa tavsifi.
- R va D — Natijalar va muhokama: olingan natijalar aniq keltiriladi, tendensiya va muhim jihatlar ajratiladi.
- Xulosa: ishning ahamiyati va amaliy natijalari.
- Adabiyotlar — alifbo tartibida; MLA, APA yoki GOST uslubida.
Texnik talablar
- Til: o‘zbek, rus yoki ingliz.
- Fayl: Microsoft Word (RTF va OpenOffice ham qabul qilinadi).
- Matn bir intervalli, 12 kegl; ajratish uchun kursiv.
- Rasm va jadvallar matn ichida joyida, tahrirlanadigan holda.
- Ish ilgari chop etilmagan va boshqa jurnalga berilmagan bo‘lishi shart.
Har bir qo‘lyozma o‘zlashtirishga tekshiriladi va ikki tomonlama maxfiy taqrizdan o‘tadi.