O‘ZBEKISTONDA MEHMONXONA BIZNESI SUBYEKTLARI INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHNING INSTITUTSIONAL VA MOLIYAVIY MEXANIZMLARI
DOI:
https://doi.org/10.55439/EIT/vol14_iss1/814Kalit so‘zlar:
mehmonxona biznesi, investitsion jozibadorlik, turizm industriyasi, xorijiy investitsiyalar, turizm infratuzilmasi, investitsion muhit, turizm klasteri, moliyaviy mexanizmlar, davlat qo‘llab-quvvatlashi, turizm xizmatlari eksporti.Abstrak
Mazkur maqolada O‘zbekistonda mehmonxona biznesi subyektlarining investitsion jozibadorligini oshirishning institutsional va moliyaviy mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqot davomida turizm industriyasining milliy iqtisodiyotdagi o‘rni, mehmonxona infratuzilmasining rivojlanish tendensiyalari hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish omillari tahlil qilingan. Shuningdek, davlat tomonidan turizm va mehmonxona biznesini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan normativ-huquqiy islohotlar, subsidiyalar, soliq imtiyozlari va investitsion rag‘batlantirish mexanizmlarining amaliy samaradorligi baholangan. Tadqiqot natijalari mehmonxona biznesining investitsion jozibadorligini oshirishda infratuzilma rivoji, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, xalqaro standartlarni joriy etish va turizm klasterlarini shakllantirish muhim omil ekanligini ko‘rsatdi. Maqolada mehmonxona biznesining investitsion salohiyatini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Bibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2019). O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini rivojlantirish konsepsiyasi 2019–2025-yillar. https://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2022). “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmon. https://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. (2023). Turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qaror. https://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. (2023). Turizm sohasidagi islohotlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risidagi 238-son qaror. https://lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi. (2024). Turizm va mehmonxona xizmatlari bo‘yicha statistik ma’lumotlar. https://stat.uz
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi. (2024). O‘zbekistonda turizm industriyasining rivojlanish ko‘rsatkichlari bo‘yicha hisobot. https://uzbektourism.uz
World Tourism Organization (UNWTO). (2023). World tourism barometer. UNWTO Publishing. https://www.unwto.org
Organisation for Economic Co-operation and Development (OECD). (2020). Tourism trends and policies. OECD Publishing. https://www.oecd.org
World Bank. (2022). Tourism and competitiveness development report. World Bank Publications. https://www.worldbank.org
Oborin, S. M. (2020). Vliyaniye tsifrovizatsii na sferu turizma. Ekonomika.
Sotsialno-ekonomicheskaya effektivnost turistskoy deyatelnosti: teoriya, metodologiya, praktika. (2020). Ekonomika.
Kotov, V. A., & Bau Long. (2024). K voprosu povysheniya investitsionnoy privlekatelnosti subyektov gostinichnogo biznesa Uzbekistana. Materialy mezhdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii.
















