MINTAQADA UY-JOY SIYOSATINING MOHIYATI
DOI:
https://doi.org/10.55439/EIT/vol12_iss2/a7Kalit so‘zlar:
uy-joy siyosati, kommunal xo‘jaliklar, xizmat ko‘rsatish, samaradorlik, islohotlar, ijtimoiy xizmat, servis xizmatlari, raqamli iqtisodiyotAbstrak
Jahonda globallashuv va integratsiya jarayonining rivojlanishi, raqobatning keskinlashuvi, xizmatlar ko‘rsatish darajasining samaradorligini oshirish hamda sifat ko‘rsatkichlarining ustuvorligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifalardan hisoblanmoqda. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimi aholi turmush darajasi va sifatini ta’minlashning eng muhim tarkibiy qismi bo‘lib, xizmatlar samaradorligini oshirish sohaning asosiy maqsadlaridan biridir. Mazkur sohalar rivojlanishiga bo‘lgan ob’ektiv zarurat aholi turmush darajasi sifatini yuksaltirish barobarida ish bilan bandlik darajasining ortishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Uy-joy kommunal servis xizmati sohasi rivojlanishining ilmiy-metodologik jihatlari ko‘plab xorijlik olimlar tomonidan tadqiq qilingan. Ushbu maqolada ilmiy abstraksiyalash, tahlil va sintez, induksiya va deduksiya usullaridan foydalanilgan. Shuningdek, uy-joy siyosati, uy-joy kommunal xo‘jaliklarining faoliyati, xizmatlar turlari, kommunal xo‘jaliklarning samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar hamda ularning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risidagi fikrlar bayon etilgan.
Bibliografik manbalar
O‘zbekiston Respublikasining “Uy-joy Kodeksi”, 1998-yil 24-dekabrdagi 713-I-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni. Xalq so‘zi, 2005-yil 16-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 29 yanvardagi PP-1051-sonlari “Uy-joy fondini rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanishga tayyor holda topshirish bo‘yicha pudrat ishlarini rivojlantirishni rag‘batlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-3038 sonli Farmoni Xalq so‘zi, 2002-yil 26-fevral.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi, Xalq so‘zi, 29.12.2020-yil
Садиков А.С. Эффективное исползование ресурсов в жилишно-коммуналном хозяйстве. Учебное пособие. М., 1996.
Yodgorov V.U., Butunov D.Y. Uy-joy kommunal xo‘jaligi iqtisodiyoti va boshqaruvi: Darslik. -T.: Toshkent arxitektura qurilish instituti. 2010. - 449 bet
Ergashev R.X., Yuldosheva Sh.A. Uy –joy kommunal xo‘jaliklarini rivojlantirish yo‘nalishlari . Monografiya. Toshkent 2017, 121 bet
Fayziyev E.S. Servis sohasining iqtisodiyotdagi o‘rni. Risola. Т.: ‘Fan va tеxnoloqiya’, 2007. – 16 б.
FAYZIYEVA SHIRIN SHODMONOVNA, YULDASHEVA SHAHRIBONU ANVAR QIZI. Impact of affordable housing construction and housing and communal services on the welfare of the population by typical Projects. Journal of Contemporary Issues in Business and Government Vol. 27, No. 2, 2021 https://cibg.org.au/P-ISSN: 2204-1990; E-ISSN: 1323-6903 DOI: 12.47750/cibg.2021.27.02.421.
Yuldasheva Shahribonu Anvar qizi. THE ROLE OF SERVICES IN HOUSING AND UTILITIES AND THEIR OPPORTUNITIES TO INCREASE EFFICIENCY. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com. ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining saytidagi ma’lumotlar
















