Har bir maqolaga DOI beriladi — Crossref va Zenodo
2026-09-15
Jurnalda chop etilgan har bir maqola doimiy raqamli identifikator (DOI) oladi. DOI ikki tizimda ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
- Crossref — jurnalning asosiy DOI registri, prefiks 10.55439. Iqtibos va havolalar shu orqali ishlaydi.
- Zenodo — CERN qo‘llab-quvvatlaydigan ochiq repozitoriy. Maqolaning to‘liq matni saqlanadi va o‘z DOI si beriladi, ya’ni maqola jurnal saytidan tashqarida ham doimiy ochiq qoladi.
Shu sababli maqolaga berilgan havola sayt manzili o‘zgarsa ham amal qilaveradi. Maqola metama’lumotlari OAI-PMH interfeysi orqali ochiladi va Google Scholar tomonidan indekslanadi.