YOSHLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL MEXANIZMLARI ASOSIDA KLASTER TIZIMIDA MOLIYAVIY MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH
DOI:
https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss6/795Keywords:
paxta klasteri, paxta-tozalash sanoati,moliyaviy barqarorlik, yoshlar tadbirkorligi, institutsional qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilgan qiymat, eksport salohiyati, iqtisodiy model, sanoat klasteri, moliyaviy mexanizmAbstract
Mazkur tadqiqotda klaster tizimi sharoitida paxta-tozalash korxonalarida moliyaviy barqarorlikni taʼminlash muammolari hamda ularni bartaraf etishning institutsional va iqtisodiy mexanizmlari tahlil qilindi. Soʻnggi yillarda paxta-tozalash sanoatida past rentabellik, yuqori energiya xarajatlari, kredit yukining ortishi va ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirishi korxonalar moliyaviy barqarorligiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani aniqlandi. Shu bilan birga, klaster tizimi doirasida qoʻshilgan qiymat zanjirining yetarli darajada rivojlanmaganligi va ishlab chiqarishning cheklangan diversifikatsiyasi muammoni yanada chuqurlashtirmoqda. Tadqiqot jarayonida statistik tahlil, institutsional tahlil va iqtisodiy taqqoslash usullaridan foydalanildi. Empirik natijalar shuni koʻrsatdiki, paxta-tozalash korxonalarida moliyaviy muammolarning asosiy sabablari sifatida yuqori ishlab chiqarish tannarxi, kredit resurslaridan samarasiz foydalanish hamda paxta tolasi eksportining asosan xomashyo shaklida amalga oshirilishi namoyon boʻlmoqda.
Tadqiqot doirasida yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishning institutsional mexanizmlari asosida klaster tizimida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirishga qaratilgan konseptual model taklif etildi. Ushbu modelda moliyaviy barqarorlik darajasi yoshlar tadbirkorligi rivoji, institutsional qoʻllab-quvvatlash, qoʻshilgan qiymat hajmi va eksport koʻrsatkichlari oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik asosida baholandi. Olingan natijalar paxta klasterlarida tolani chuqur qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va eksportni kengaytirish moliyaviy barqarorlikni oshirishning asosiy yoʻnalishlari ekanligini koʻrsatdi. Shuningdek, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash orqali klaster tizimida yangi ishlab chiqarish yoʻnalishlarini rivojlantirish iqtisodiy samaradorlikni oshirishning muhim omili sifatida ilmiy jihatdan asoslab berildi.
References
Murodov О.J., Khusanov D.N. Financial mechanisms for improving liquidity and risk management in cotton ginning enterprises: evidence from uzbekistan//“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. 1/2026, yanvar- fevral (№ 00081). 170-182. P.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti (2017). PQ-3408-sonli qaror: “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida.”
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining (2002) PF-3161-son farmoni: “Paxta tozalash sanoati korxonalarida hisob va hisobot tizimini takomillashtirish ustidan nazoratni kuchaytirish” bayonnomasi.
Matnazarov O. (2018). Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi endi paxta tozalash korxonalarida ham nazoratni amalga oshiradi. Kun.uz, 18.05.2018.
Ilxomlonova F. M. (2025). Aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment tizimini takomillashtirish. (Monografiya). Toshkent: High Future Publishing.
Muratov R.S, DJalalova I.A, Oripov S.Sh. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. -T.: “Fan va texnologiya”, Toshkent-2014, 424 bet.
Ubraimov Sh.R., Korxonani boshqarishning mohiyati va xususiyatlarini asoslashning nazariy tamoyillari// “Innovations in Science and Technologies” ilmiy-elektron jurnali ISSN: 3030-3451.(2) 2025 yil. 6-son. 296-302-bet.
Murodov O.J., Yangi Oʻzbekiston iqtisodiyotida korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish omillari: islohotlar, sertifikatsiya va isteʼmolchi talablari integratsiyasi//Guliston davlat universiteti axborotnomasi. Gumanitar – ijtimoiy fanlar seriyasi, 2025. № 3. 193-198 bet.
Murodov O.J., Davlat korxonalarini isloh qilishning zamonaviy bosqichlari va Oʻzbekistonning xususiylashtirish modeli//Yashil iqtisodiyot va taraqqiyot https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz. 2025-yil, oktyabr. № 10-son. 1492-1496-bet.
Murodov O.J., Paxta tozalash korxonalarini tashkil etish va tugatish jarayonlarida moliyaviy mexanizmlarni takomillashtirish // “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali. 4/2025, iyul-avgust (№ 00078), 101-108-Bet.
















