PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA XOMASHYO XARID NARXINING ZARARSIZLIK CHEGARASINI MAHSULOT CHIQISHI ASOSIDA ANIQLASH USULI

Authors

  • Murodov Orif Jumayevich Toshkent xalqaro universiteti mustaqil izlanuvchisi, t.f.d., professor

DOI:

https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss6/d23

Abstract

Maqolada paxta tozalash korxonalarida chigitli paxta xarid narxining ishlab chiqarish xarajatlari doirasidagi chegaraviy qiymatini aniqlash usuli taklif etiladi. Bir tonna xomashyodan olinadigan tola, chigit va lint qiymati hamda qayta ishlash xarajatlari asosida zararsizlik xarid narxi (P*) va narx bo‘yicha xavfsizlik zaxirasi (XZ) hisoblanadi. «White Gold» MChJning 2022–2025-yillardagi hamda «Mirzachul» MChJning dastlabki mavsumiga oid natural-kalkulyatsion ma’lumotlar qo‘llanildi. «White Gold»da XZ 2022-yilda 21,7%, 2023-yilda −27,2%, 2024-yilda 2,6%, 2025-yilda esa −9,5% (amortizatsiyasiz xarajatlar sharoitida) bo‘lgan. Natijalar narx nomutanosibligini aniqlashda ishlab chiqarish rentabelligi bilan birga mahsulot chiqishi va ikkilamchi mahsulotlar qiymatini hisobga olish zarurligini ko‘rsatadi.
Keywords paxta tozalashxomashyo xarid narxizararsizlik chegarasitola chiqishichigitlintxavfsizlik zaxirasiqayta ishlash xarajatlari

References

Murodov O.J. Paxta tozalash korxonalarida moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning moliyaviy mexanizmlarini takomillashtirish. DSc dissertatsiyasi. Toshkent, 2026. 3.3-paragraf, 3.9-jadval (qo‘lyozma).

Van Horne J.C., Wachowicz J.M. Fundamentals of Financial Management. 13th ed. Pearson Education Limited, 2008.

«White Gold» MChJ moliya-iqtisodiy xizmatining 2022–2025-yillar natural va xarajat ko‘rsatkichlari (dissertatsiyada keltirilgan birlamchi ma’lumotlar).

«Mirzachul» MChJ moliya-iqtisodiy xizmatining dastlabki mavsum natural va xarajat ko‘rsatkichlari (dissertatsiyada keltirilgan birlamchi ma’lumotlar).

«Baxt» paxta tozalash korxonasining 2024-yil hosili bo‘yicha mahsulot chiqishi me’yorlari (dissertatsiya 16-ilovasi).

Murodov O.J. Paxta tozalash korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholash mezonlari va ularni takomillashtirish yo‘nalishlari // Yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi. 2025. B. 29–33. DOI: 10.5281/zenodo.17455268.

Murodov O.J. Financial Management of Foreign and Domestic Cotton Ginning Enterprises: Comparative Analysis, Diagnostics, and Improvement Directions // Econoscitech Integration. 2026. № 5. P. 208–218. DOI: 10.5281/zenodo.20390998.

Horngren C.T., Datar S.M., Rajan M.V. Cost Accounting: A Managerial Emphasis. 15th ed. Pearson, 2015.

Drury C. Management and Cost Accounting. 9th ed. Cengage Learning, 2015.

Miller C., Jones L. Agricultural Value Chain Finance: Tools and Lessons. FAO; Practical Action Publishing, 2010.

Downloads

Published

2025-12-31

How to Cite

Murodov, O. J. (2025). PAXTA TOZALASH KORXONALARIDA XOMASHYO XARID NARXINING ZARARSIZLIK CHEGARASINI MAHSULOT CHIQISHI ASOSIDA ANIQLASH USULI. Economics and Innovative Technologies, 13(6), 169–175. https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss6/d23

Issue

Section

Ишлаб чиқаришни модернизация қилиш ва иқтисодиётнинг етакчи тармоқларини ривожлантириш