NEFT-KIMYO USKUNALARI XAVFSIZLIGINI BOSHQARISHNING MANTIQIY-GRAFIK MODELI

Authors

  • Siddikov Isomiddin Xakimovich Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Axborotlarga ishlov berish va boshqarish tizimlari kafedrasi professor, texnika fanlari doktori https://orcid.org/0000-0002-6983-6709
  • Ganiyev Akmal Abduhalilovich Xalqaro Nordik universiteti Sanoatni boshqarish va raqamli texnologiyalar kafedrasi katta o‘qituvchisi https://orcid.org/0009-0006-9402-1508

DOI:

https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss7/733

Keywords:

neft-kimyo, mantiqiy-grafik, xavf, avariya, kimyoviy xavfli ob’ekt, matematik apparat.

Abstract

Ushbu maqolada neft-kimyo sanoati korxonalarida texnologik xavfsizlikni ta’minlash, ishlab chiqarish jarayonlarini monitoring qilish va boshqarishning mantiqiy vaziyatli modelni qurish masalasi ko‘rilgan. Neft-kimyo ob’ektlarining murakkab tuzilmasi va kimyoviy xavf manbalari ko‘pligi sababli, ularning xavfsiz ishlashini kafolatlash uchun avtomatlashtirilgan axborot-tahliliy tizimlardan foydalanish zaruriyati asoslab berilgan. Tadqiqotda graf nazariyasi usullariga asoslangan mantiqiy-grafik modellar ishlab chiqilib, ular orqali favqulodda holatlarning sabablari, rivojlanish bosqichlari hamda ularning oqibatlari o‘rtasidagi sababiy bog‘liqliklar aniqlangan. Model avariya holatlari rivojlanishining ko‘p bosqichli ssenariylarini tasvirlash, xavf omillarini o‘zaro taqqoslash va ularning yuzaga kelish ehtimolini baholash imkonini beradi. Shuningdek, ushbu yondashuv texnologik jarayonlarda paydo bo‘ladigan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik xavflarni tahlil qilish hamda ularni boshqarish uchun asos yaratadi. Taklif etilgan axborot-tahliliy tizim operatorlarga real vaqt rejimida tahliliy ma’lumotlarni taqdim etadi, bu esa boshqaruv qarorlarini optimallashtirish va ishlab chiqarish xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

References

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida» farmoni.

Siddikov I.Kx., Ganiev A.A. Algorithms For Diagnostics of Technological States in Petrochemical Industry. 5th International CEO Communication, Economics, Organization & Social Sciences Congress. 2022y -P. 651-656.

А.В. Ковардаков. Разработка методов построения и реализация аналитической информационной системы технологического мониторинга сложных промышленных объектов. Автореферат Краснодар –2007 -С.19-20

Ali F. Dalain Development methods of implementing analytical management information systems for technological monitoring of complex industrial purposes. IJCSNS International Journal of Computer Science and Network Security, VOL.19 No.4, April 2019 -p. 79-86

А.Ф. Егоров, Т.В. Савицкая, П.Г. Михайлова. Методы и модели анализа риска и управления безопасностью химических производств. Теоретические основы химической технологии, 2010, том 44, №3 -C 341-345

Published

2025-11-18

How to Cite

Siddikov Isomiddin Xakimovich, & Ganiyev Akmal Abduhalilovich. (2025). NEFT-KIMYO USKUNALARI XAVFSIZLIGINI BOSHQARISHNING MANTIQIY-GRAFIK MODELI. Economics and Innovative Technologies, 13(7), 50–57. https://doi.org/10.55439/EIT/vol13_iss7/733

Issue

Section

Иқтисодий-математик усуллар ва моделлар