Economics and Innovative Technologies https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit
Creating practical mechanisms for the development of scientific-practical research and innovative developments and the modernization of production, the implementation of technical and technological updating processes, in order to ensure a stronger connection between science and production, as well as innovative cooperation between scientific research organizations and real sector enterprises In order to establish cooperative relations, the Decision of the President of the Republic of Uzbekistan No. PQ-916 dated 15.07.08 "On additional measures to encourage the implementation of innovative projects and technologies", a number of tasks are set before higher educational institutions .

In order to solve these tasks, the Resolution of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan dated 11.10.06 No. 214 "On further improvement of the procedure of state registration of mass media in the Republic of Uzbekistan" was thoroughly studied. In the second paragraph of the first chapter of this decision entitled "General Provisions", mass media means the periodical distribution of mass information with a permanent name and in printed form (newspapers, magazines, newsletters, bulletins, etc.) and (or) in electronic form (television, radio, video, newsreel programs, websites on public telecommunication networks) is understood as the form that is published or broadcast at least once every six months, as well as other forms of periodic distribution of information. The decision of the Scientific Council on the establishment of a scientific electronic journal ">" was adopted.

In this electronic scientific journal, authors are recommended to focus their articles on the innovative development of industry, infrastructures, transport and communication construction, further reform of the banking and financial system and increase its stability, the continuation of long-term structural changes, and ensuring the further increase of the competitiveness of the innovative economy. .

Nowadays, scientific electronic journals are widely introduced in leading foreign universities. With the formation of the information society, the weight of electronic mass media organized on the basis of websites in public telecommunication networks is increasing. The introduction of this type of publications into wide practice not only increases the speedy delivery of information, but also leads to efficient use of paper. The Resolution of the Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan No. 155 of 22.07.10 on "Additional measures for saving and rational use of paper in the Republic" reduces the consumption of paper in the processes of rapid resolution of management system, local and inter-sectoral issues. it was noted that information and communication technologies are being widely introduced. The electronic document exchange system is being widely used in practice, and the network of interactive services of the state and organizations is expanding. The task of efficient use of information and communication technologies in terms of saving and rational use of paper in the document circulation of management processes is highlighted in this decision.

The scientific electronic magazine "Economics and innovative technologies" published by Decision No. 201/3 of December 30, 2013 of the Board of the OAK on "Economic Sciences" for the degree of "Doctor of Science" included in the list of scientific journals of the republic in which scientific articles should be published on the scientific results of the dissertation work of applicants.

The main tasks of this e-journal are to familiarize young scientists, senior researchers, independent researchers and masters with the results of prestigious scientific works of mature scientists and practitioners of our republic, and to quickly deliver to the public the innovative achievements made in the social and economic spheres of our republic.

The address of the magazine on the Internet information network is called "iqtisodiyot.tsue.uz".
en-US e-jurnal_tdiu@mail.ru (Tahririyat) i.kungratov@tsue.uz (Saytlar bo'yicha ) Tue, 27 Oct 2026 11:37:18 +0000 OJS 3.3.0.9 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 RЕGЕNЕRATIV YONDASHUVLAR ASOSIDA TUPROQ DЕGRADATSIYASINI BARTARAF ETISH VA QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING INNOVATSION MЕXANIZMLARI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/857 Maqolada regenerativ yondashuvlar asosida tuproq degradatsiyasini bartaraf etish va qishloq xо‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirishning agroekologik-iqtisodiy va innovatsion mexanizmlari tadqiq etilgan. Tuproq degradatsiyasi, shо‘rlanish, eroziya, organik moddalar kamayishi va suv resurslaridan samarasiz foydalanish muammolari tizimli yondashuv asosida tahlil qilingan. Regenerativ qishloq xо‘jaligining minimal ishlov berish, No-till, agrobioxilma-xillik, tuproqni organik qoplash, chorvachilikni integratsiyalash va suv resurslarini samarali boshqarish kabi asosiy tamoyillari tizimlashtirilgan. Uning samaradorligini tuproq salomatligi, suv unumdorligi, resurs sarfi, hosildorlik, tannarx va fermer daromadi kabi ekologik-iqtisodiy kо‘rsatkichlar asosida kompleks baholash yondashuvi taklif etilgan. Natijada regenerativ qishloq xо‘jaligi О‘zbekiston sharoitida resurs tejamkorligi, fermer daromadlari va agroekotizim barqarorligini ta’minlovchi innovatsion mexanizm sifatida asoslangan. Shuxrat Olimovich Amirqulov Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/857 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 ЭКОНОМИЧЕСКАЯ И ЭКОЛОГИЧЕСКАЯ ЭФФЕКТИВНОСТЬ ТЕХНОЛОГИЙ ХРАНЕНИЯ И ПОСЛЕУБОРОЧНОЙ ОБРАБОТКИ ПЛОДОВ: ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ В УЗБЕКИСТАНЕ https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/858 Статья посвящена обоснованию подходов к комплексной оценке экономической и экологической эффективности технологий хранения и послеуборочной обработки плодов в Узбекистане. На основе системного и сравнительного анализа официальных данных, международных исследований и инвестиционных проектов рассмотрена взаимосвязь режимов хранения, сохранности и качества продукции, предотвращенных потерь, выручки, затрат, энергопотребления и экологической нагрузки. Систематизированы технологические, экономические и энергетико-экологические показатели, предложена трехуровневая процедура оценки эффективности для отечественных плодохранилищ. Обоснована необходимость дифференциации режимов по культурам и сортам, учета загрузки мощностей и оценки энергозатрат на тонну сохраненной товарной продукции. На примере проекта Eco Business-M разграничены документированные параметры модернизации и сценарные расчеты предотвращенных потерь. Показано, что выбор технологии должен основываться на балансе сохранности продукции, экономического результата и экологической нагрузки. Сформулированы рекомендации по энергоаудиту, цифровому мониторингу и развитию национальной информационной базы для последующей эмпирической оценки. Абдулазиз Уктамович Муратов, Тимур Анатольевич Пак Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/858 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 NEFT-GAZ KOMPANIYASIDA STRATEGIK AXBOROT TA’MINOTINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/864 Maqolada neft-gaz kompaniyasida strategik axborotni yig‘ish va undan boshqaruv qarorlarida foydalanish tizimini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish masalasi tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi operatsion axborot tizimlari shakllangan bo‘lsa-da, strategik axborotning kechikishi va tarqoqligi bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli yondashuv, qiyosiy tahlil, guruhlash va ekspert baholash usullaridan foydalanilgan, empirik baza sifatida «Muborak gazni qayta ishlash zavodi» ma’lumotlari olingan. Natijada strategik axborotning to‘rt guruhli tasnifi, axborot manbalari holatining bahosi, strategik axborot tizimining uch qatlamli arxitekturasi va strategik axborot ta’minoti markazini joriy etish bo‘yicha tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan. Taklif etilgan tadbirlar 0,68- 1,08 mlrd so‘m kapital xarajat evaziga qaror qabul qilish vaqtini 4-8 soatdan 30 daqiqagacha qisqartirish va yiliga 0,60-1,0 mlrd so‘m iqtisodiy tejamga erishish imkonini beradi. Munis Kurbonovich Abdullayev Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/864 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 KORXONA BIZNES-JARAYONLARINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA TRANSFORMATSIYALASHNING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/865 Maqolada korxona, xususan xizmat koʻrsatish korxonalari, biznes-jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida transformatsiyalashning nazariy-uslubiy asoslari tadqiq etilgan. Mavzuning dolzarbligi raqamli iqtisodiyotning jadal kengayishi sharoitida korxona darajasidagi transformatsiya jarayonlarini izohlovchi yagona kontseptual asosning yetishmasligi bilan izohlanadi. Tadqiqotda tizimli adabiyotlar tahlili, qiyosiy tahlil hamda rasmiy statistik maʼlumotlarni tahlil qilish usullaridan foydalanilgan. Natijada raqamli iqtisodiyot va biznes-jarayon tushunchalariga mualliflik taʼriflari berilgan, korxonalarning raqamli iqtisodiyot tarkibidagi oʻrni uch darajali model asosida tizimlashtirilgan, raqamli texnologiyalarning biznes -jarayonlardagi uch roli (avtomatlashtiruvchi, axborot beruvchi, transformatsiyalovchi) ajratilgan hamda biznes -jarayonlarni boshqarish (BPM) hayot sikli transformatsiyalashning uslubiy asosi sifatida asoslangan. Olingan xulosalar Oʻzbekiston iqtisodiyotining real statistik koʻrsatkichlari (EGDI, YaIMning tarmoq tuzilmasi) bilan tasdiqlangan. Tadqiqot natijalari korxona darajasidagi raqamli transformatsiya strategiyalarini ishlab chiqish uchun nazariy asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Dilmurod Baxodir oʻgʻli Xodiyev Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/865 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 KORXONA IQTISODIY XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA XODIMLARNING RAQAMLI SAVODXONLIGINING O‘RNI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/863 Maqolada raqamli transformatsiya sharoitida xodimlarning raqamli savodxonligi bilan korxona iqtisodiy xavfsizligi o‘rtasidagi bog‘liqlik nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Ilmiy adabiyotlarni qiyosiy tahlil qilish, normativ hujjat mazmunini o‘rganish, tasniflash va mantiqiy umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Raqamli savodxonlik, raqamli kompetensiya va axborot xavfsizligi tushunchalarining qo‘llanish chegaralari aniqlashtiriladi. Kundalik ish vazifalari zarur ko‘nikmalar, ehtimoliy xatolar, iqtisodiy oqibatlar va tavsiya etiladigan choralar bilan bog‘langan jadvalda umumlashtiriladi. Xatolarni tuzatish va ishni qayta bajarishga sarflanadigan vaqtning iqtisodiy ahamiyati izohlanadi. Xodim ko‘nikmalari bilan birga yo‘riqnomalar, foydalanish ruxsatlari, dastur imkoniyatlari va boshqaruv mas’uliyati hisobga olinadi. Vazifaga mos o‘qitish, tekshirish tartibi va mas’uliyatni belgilash bo‘yicha takliflar beriladi. Tavsiyalarning amaliy samaradorligi o‘lchanmagan. Ibrohim Abdug‘affor o‘g‘li Abdug‘aniyev Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/863 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИХ МЕТОДОВ КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/855 В статье систематизированы теоретические подходы к организационно-экономическим методам корпоративного управления в акционерных обществах. Разграничены качество, результативность и эффективность корпоративного управления: эффективность определена как соотношение достигнутого результата и затрат на функционирование системы управления. Предложена функциональная классификация из пяти блоков методов — организационно-структурного, экономико-мотивационного, стратегического, контрольнориск-ориентированного и информационно-цифрового. Разработаны функциональная матрица «метод — объект воздействия — промежуточный эффект — результат» и концептуальная модель. Выводы проиллюстрированы динамикой раскрытия информации акционерными обществами Узбекистана за 2020–2025 гг. Абдуворис Абдуфорих угли Акбаров Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/855 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 BUXORO VILOYATIDA KICHIK BIZNES RIVOJLANISHI KO‘RSATKICHLARINI STATISTIK TAHLIL QILISH VA 2026–2030-YILLARGA ARIMA PROGNOZI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/862 Maqolada Buxoro viloyatida kichik biznesning to‘qqizta asosiy ko‘rsatkichi 2010–2025-yillar bo‘yicha rasmiy ma’lumotlar asosida tahlil qilingan va 2026–2030-yillarga prognoz qilingan. Nominal ifodada ishlab chiqarish 48,1 marta oshgan, YaIM deflyatori bo‘y icha real o‘sish esa 6,0 martani tashkil etgan; bandlik 1,07 marta o‘zgargan. Kichik biznesning YaHMdagi ulushi 2018 -yildagi 81,9 foizdan 2025- yilda 71,0 foizgacha pasaygan. Modellar ADF/KPSS testlari, AICc/BIC, Ljung –Box testi va namunadan tashqari tekshiruv asosida tanlangan (o‘rtacha MAPE 15,5%). 2030 -yilga borib kichik biznes ulushi 71,0 foiz (58,5–83,5%), eksport 239,4 mln AQSh dollari, ishlab chiqarish va xizmatlar nominal ifodada 83,5 va 100,0 trln so‘m bo‘lishi baholangan. Nazar G‘ulom o‘g‘li Nazarov Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/862 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 СОЛИҚ ТАҲЛИЛИ МЕТОДОЛОГИЯСИНИ СУНЪИЙ ИНТЕЛЛЕКТ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ АСОСИДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/874 Мақолада рақамли иқтисодиёт шароитида солиқ таҳлили методологиясини сунъий интеллект технологиялари асосида такомиллаштиришнинг назарий -методологик асослари тадқиқ этилган. Солиқ муносабатларининг мураккаблашуви, ахборот оқимларининг жадаллашуви ва солиқ тушумларига таъсир этувчи омилларнинг кўп қирралилиги анъанавий таҳлил усулларини машинали ўқитиш, катта маълумотлар (Big Data) таҳлили ва нейрон тармоқлар билан интеграциялаш заруратини юзага келтирмоқда. Тадқиқот концептуал -методологик хусусиятга эга бўлиб, тизимли ёндашув, қиёсий таҳлил ва концептуал моде ллаштириш усулларига асосланган. Мақолада солиқ таҳлилининг анъанавий ва интеллектуал ёндашувлари қиёсий баҳоланган, беш босқичли интеграциялашган методологик модель, солиқ тушумларини кўп омилли эконометрик баҳолаш ва прогнозлаш тузилмаси, прогноз аниқлигини баҳолаш мезонлари ҳамда автоэнкодер алгоритмига асосланган солиқ хавфларини аниқлаш ёндашуви таклиф этилган. Таклиф этилаётган методология солиқ таҳлилини ретроспектив баҳолаш воситасидан прогнозли ва рискка йўналтирилган бошқарув воситасига айлантиришга хизмат қилади. Аброр Бозарбоевич Абдуллаев Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/874 Sat, 31 Oct 2026 00:00:00 +0000 SOLIQ MA’MURCHILIGIDA MOLIYAVIY SANKSIYALAR ADOLATLILIGINI TA’MINLASH VA YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH MASALALARI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/867 Ushbu maqolada soliq ma’murchiligida raqamli texnologiyalarni qo’llash va soliq intizomini ta’minlashda moliyaviy sanksiyalarning o’rni va samaradorligi tahlil qilingan. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 221-moddasida nazarda tutilgan Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilish tartibini buzganlik uchun belgilangan jarimalarning amaldagi holati va uning kichik hamda yirik biznes subyektlariga ta’siri o’rganilgan. Amaldagi bir xil miqdordagi jarimalarning adolatlilik va mutanosiblik prinsiplariga mos kelmasligi asoslab berilib, jarimalarni tadbirkorlik subyektlarining yillik tovar aylanmasidan kelib chiqib tabaqalashtirish bo’yicha ilmiy-amaliy takliflar va qonunchilik normasi loyihasi ishlab chiqilgan. Xamidulla Akrom o‘g‘li Xamrayev Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/867 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 BOG‘LIQ SHAXSLAR O‘RTASIDAGI BOSHQARUV XIZMATLARI HAQINI SOLIQQA TORTISH YO‘LLARI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/866 Maqolada xalqaro guruhlar tarkibidagi bog‘liq korxonalar o‘rtasida ko‘rsatiladigan boshqaruv xizmatlari uchun haqning xalqaro soliqqa tortish tizimidagi o‘rni kompleks tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, boshqaruv xizmatlari haqi (management fee) oddiy xo‘jalik xarajati bo‘lib qolmay, transchegaraviy foydaning guruh korxonalari o‘rtasida taqsimlanishiga, xizmat oluvchi davlatning soliq bazasiga, xizmat ko‘rsatuvchi davlatning daromadiga va ikki tomonlama soliqqa tortish xavfiga bir vaqtning o‘zida ta’sir qiluvchi operatsiya hisoblanadi. Shu sababli boshqaruv xizmati to‘lovlari (management fee) transfer narxlari, soliq bazasining yemirilishi va foydaning boshqa yurisdiksiyalarga ko‘chirilishi BEP( S), to‘lov manbaida foyda solig‘i, xarajatlarni soliq bazasidan chegirish va xalqaro soliq nizolari bilan uzviy bog‘liq. Maqolada manfaatdorlik testi (benefit test), xizmatning amalda bajarilganligini tasdiqlash (proof of performance), aksiyadorlik faoliyati (shareholder activities) va haq undiriladigan xizmatlarni (chargeable services) ajratish, xarajatlar bazasi (cost base), taqsimlash kalitlari (allocation keys) va hisob-faktura mexanizmi tahlil qilinadi. Xalqaro va bank guruhi amaliyoti asosida O‘zbekiston uchun boshqaruv xizmatlari haqini tartibga solishning hujjatlashtirish, narxlash va riskka asoslangan nazoratni birlashtiruvchi modeli taklif etiladi. Orzigul Inoyat qizi Ravshanova Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/866 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 ПАРАДИГМА «ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСКОГО УНИВЕРСИТЕТА» В ЭКОНОМЕТРИЧЕСКОМ ИЗМЕРЕНИИ ПЕРЕХОДА ОТ НАУЧНОГО ПОТЕНЦИАЛА К РЫНОЧНОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/860 В статье исследуются актуальные процессы трансформации высших образовательных учреждений Республики Узбекистан в модель «предпринимательского университета», обусловленные расширением их финансовой самостоятельности. На основе панельных данных за период 2018–2025 годов по выборке вузов с применением современного эконометрического аппарата (модели фиксированных эффектов – FEM, метода взвешенных наименьших квадратов – WLS и пулл-регрессии – Pooled OLS) выполнена оценка влияния кадрового потенциала и численности остепененных сотрудников на результативность коммерческой и проектной деятельности. Автором доказано, что рост количественных показателей (число проектов, грантов и хоздоговоров) не всегда сопровождается адекватным ростом качественных финансовых результатов, что указывает на преобладание экстенсивного характера развития и наличие системных диспропорций в механизмах коммерциализации научных разработок. Виктория Александровна Лямкина Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/860 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 “SMART-REGION” KONSEPSIYASI ASOSIDA HUDUDLAR IQTISODIY TIZIMINI BOSHQARISHNING RAQAMLASHTIRILGAN KOMPLEKS BAHOLASH MODELI: INNOVATSION SALOHIYAT, FAOLIYAT VA NATIJALAR INDEKSI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/856 Ushbu maqolada O‘zbekiston hududlarida innovatsion rivojlanishni boshqarish amaliyotida salohiyat, raqamli muhit, faoliyat va natija ko‘rsatkichlari alohida-alohida va tavsifiy tarzda baholanadi, natijada hududlar kesimida innovatsion jarayonni yaxlit kuzatuvchi raqamlashtirilgan monitoring vositasi amaliyotda shakllanmagan. “Smart-region” konsepsiyasi asosida har bir hududdagi innovatsion salohiyat, faoliyat va natijalarni kompleks baholovchi Smart Region Index (SRI) modelini ishlab chiqish hamda uning O‘zbekistonda joriy etilish istiqbollarini asoslash. O‘zbekistonning 14 hududi bo‘yicha 2016-2024 yillarni qamrab olgan panel ma’lumotlar (126 hudud-yil) asosida Min-Maks normallashtirish orqali besh subindeks shakllantirildi, Pirson korrelyatsiya va Pooled OLS regressiya tahlili qo‘llanildi. SRI bilan ilgari ishlab chiqilgan Innovatsion boshqaruv indeksi (IGI) o‘rtasida o‘ta yuqori bog‘liqlik (r=0,99) aniqlandi; Toshkent shahri barqaror yetakchi (SRI=0,558), Surxondaryo viloyati eng past ko‘rsatkichga ega (SRI=0,103), farq 5,4 barobarni tashkil etdi. Xulosa: SRI hududiy innovatsion siyosatni differensiallashtirish va raqamli monitoring tizimini shakllantirishda amaliy vosita sifatida tavsiya etiladi. Azimjon Xikmatillo o‘g‘li Xolov Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/856 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 КОРХОНАЛАР МОЛИЯВИЙ БАРҚАРОРЛИГИ ТАҲЛИЛИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/854 Мақолада молиявий барқарорликни битта кўрсаткич асосида баҳолаш ликвидлик ва тўлов хавфларини тўлиқ очмаслиги муаммоси ўрганилган. Долзарблик капитал мустақиллиги ошса ҳам жорий тўлов қобилияти пасайиши мумкинлиги билан асосланган. Қиёсий, коэффициентли ва тизимли таҳлил асосида “PRESTIJ MED” МЧЖнинг 2022–2025 йиллар маълумотлари баҳоланган. Стратегик капитал ва операцион тўлов барқарорлигини ўзаро боғлиқ ҳолда алоҳида баҳолаш ҳамда беш босқичли мониторинг тартиби таклиф этилган. Таклиф молиявий хавфларни эрта аниқлаш ва асосланган бошқарув қарорларини қабул қилишга хизмат қилади. Низомиддин Тулабоевич Маматов Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/854 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 NEFT-GAZ KOMPANIYALARIDA KORPORATIV UNIVERSITETNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/861 Mazkur maqolada neft-gaz kompaniyalarida xodimlarni ichki korporativ o‘qitishning zamonaviy shakli sifatida korporativ universitetlarning strategik rollari, muvaffaqiyat omillari va tashkiliyhuquqiy shakllari tahlil qilingan. Korporativ universitet an’anaviy o‘quv markazidan boshqaruv tizimidagi o‘rni bilan farqlanishi hamda operatsion mukammallik, liderlikni rivojlantirish, strategik tezlashtiruvchi va uzluksiz o‘qish madaniyati rollarini bajarishi asoslangan. Rossiya Federatsiyasi tajribasi korporativ universitet samaradorligi byudjet hajmidan ko‘ra strategik hujjat, kollegial boshqaruv organlari va ichki o‘qituvchilar tizimi kabi boshqaruv institutlari bilan belgilanishini ko‘rsatgan. «O‘zbekneftgaz» AJ misolida korporativ universitetni uch bosqichli yo‘l xaritasi asosida shakllantirish, xodimlarning besh funksional toifasi uchun kompetensiyalar matritsasi, to‘rt turdagi dasturlar tizimi hamda rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya va nazorat funksiyalariga asoslangan boshqaruv mexanizmi taklif etilgan. Odilbek Serkayevich Kattaev Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/861 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTONDA HUNARMANDCHILIK VA KICHIK BIZNES INTEGRATSIYASI ASOSIDA TURIZMNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH METODOLOGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/868 Maqolada O‘zbekistonda hunarmandchilik va kichik biznes integratsiyasi asosida turizmni innovatsion rivojlantirishning metodologik jihatlari o‘rganilgan. Tadqiqot ilmiy adabiyotlar tahlili, rasmiy statistik ma’lumotlarni tavsifiy qiyoslash va konseptual modellashti rishga asoslangan. Hunarmandchilik mahsulotlarini turist ishtirokidagi tajriba bilan birlashtirish, shartnomaviy hamkorlik va raqamli savdo orqali turizm qiymat zanjiriga kiritish modeli taklif etilgan. Integratsiyani hamkorlik, turistik mahsulot, raqamli faollik va mahalliy iqtisodiy natijalar bo‘yicha kuzatish mezonlari aniqlashtirilgan. Keltirilgan statistika integratsiyaning resurs va bozor sharoitlarini tavsiflaydi; uning daromad, bandlik va raqobatbardoshlikka sababiy ta’siri mazkur maqolada miqdoriy baholanmagan. Dilnoza Safarovna Umirova Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/868 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTON MINTAQALARI IQTISODIYOTIDA TARMOQLARNING DIVERSIFIKATSIYALASHUVINI OSHIRISH YO‘LLARI https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/859 Ushbu tadqiqot O‘zbekiston mintaqalari iqtisodiyotida tarmoqlar diversifikatsiyasini oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotning nazariy asosini Imbs va Wacziargning iqtisodiy diversifikatsiya bosqichlari hamda Frenken va boshqalarning “related variety” konsepsiyasi tashkil etadi. Tadqiqotda 2025-yil yanvar–sentabr oylaridagi hududiy yalpi hududiy mahsulot (YHM) tarkibi asosida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish va xizmatlar sektorlarining ulushlari tahlil qilindi. Diversifikatsiya darajasi Herfindahl–Hirschman indeksi (HHI), hududiy ixtisoslashuv esa Lokatsiya koeffitsiyenti (LQ) orqali baholandi. LQ hududdagi sektor ulushining barcha hududlar bo‘yicha tegishli sektor ulushiga nisbati sifatida hisoblandi. Natijalar hududlar o‘rtasida tarmoq konsentratsiyasi va ixtisoslashuv darajasida sezilarli farqlar mavjudligini ko‘rsatadi. Shuningdek, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, yuqori qo‘shilgan qiymatli ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat, xizmatlar sektori, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va klasterlarni rivojlantirish bo‘yicha differensial takliflar ishlab chiqildi. Tadqiqotning ilmiy yangiligi HHI va LQ ko‘rsatkichlarini birgalikda qo‘llash orqali hududlarning “konsentratsiya–ixtisoslashuv” profilini shakllantirish va unga mos diversifikatsiya yo‘nalishlarini asoslashdan iborat. Nozimjon Mamajonovich Mamarasulov Copyright (c) 2026 https://creativecommons.org/licenses/by/4.0 https://iqtisodiyot.tsue.uz/journal/index.php/iit/article/view/859 Tue, 27 Oct 2026 00:00:00 +0000